SRT Journal — ilmiy-texnik jurnal sayti
«Sanoatda raqamli texnologiyalar» ilmiy-texnik jurnali
Saytga o‘tish ↗Loyiha haqida
Qarshi davlat texnika universiteti va «Olmaliq KMK» AJ ta’sisligidagi «Sanoatda raqamli texnologiyalar» (e-ISSN: 3030-3214) jurnali uchun OJS platformasi noldan o‘rnatildi va milliy talablarga moslashtirildi.
Maqola qabul qilish, ikki tomonlama yashirin taqriz va nashr jarayonlari to‘liq sozlandi. Crossref orqali DOI berish (10.70769) yo‘lga qo‘yildi, sayt uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlaydi.
Qo‘shimcha ravishda AI yordamchi vidjeti, Telegram-bot orqali maqola topshirish va onlayn to‘lov bo‘limi integratsiya qilindi. Jurnal CyberLeninka, eLIBRARY.RU, ResearchBib, Index Copernicus va Google Scholar bazalarida indeksatsiyalanadi.
Skrinshotlar
Erishilgan natijalar
- Jurnal OAK ro‘yxatiga kiritildi (2024-yil 30-iyuldagi 358-son qarori)
- Barcha maqolalarga Crossref orqali DOI berilmoqda
- Sayt uch tilda to‘liq ishlaydi
- Xalqaro bazalarda indeksatsiya yo‘lga qo‘yildi
Sizga ham shunday platforma kerakmi?
Jurnalingiz uchun xuddi shunday zamonaviy sayt yoki platformani biz bilan yarating.
